“Barselona” o'z maydonida EChL finalini o'tkazmoqchi
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 24

Kataloniyaning “Barselona” klubi 2029 yilgi Evropa Chempionlar ligasi final uchrashuvini o'z maydonida o'tkazish bo'yicha rasmiy nomzodini taqdim etdi.
Klub rahbariyati hal qiluvchi bellashuvni jamoaning uy stadioni — "Spotify Camp Nou"da tashkil etishni rejalashtirmoqda.
Qayd etilishicha, ayni paytda stadionda keng ko'lamli rekonstruktsiya ishlari amalga oshirilmoqda. Yangilangan majmua zamonaviy infratuzilma, muxlislar uchun qo'shimcha qulayliklar hamda katta sig'imga (105 ming) ega bo'lishi kutilmoqda.
Fikr bildirish
Hali hech kim izoh qoldirmagan. Birinchi bo`lib izoh qoldiring :)!!
Fikr qoldirish uchun Ro`yxatdan o`tish lozim!!!

Bosh sahifaga
378