Gimaraes «Manchester Siti»ga qarshi o'ynaydimi?
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 491

«Nyukasl» bosh murabbiyi Eddi Xau jamoaning braziliyalik yarim himoyachisi Bruno Gimaraesning holati haqida fikr bildirdi. Xavbek «qarg'alar»ning so'nggi uchta o'yinini o'tkazib yuborgan.
— Bruno bilan hammasi joyida, ammo men uni «Manchester Siti»ga qarshi o'yinda maydonga tushadi, deb o'ylamayman. Demak, dam olish kunlarida u jamoaga yordam bera olishi mumkin, — deya Xauning so'zlarini klub matbuot xizmati keltiradi.
Ushbu mavsumda Gimaraes barcha musobaqalarni hisobga olganda 33 ta uchrashuvda maydonga tushib, 8 ta gol urdi va 6 ta golli uzatma berdi.
Fikr bildirish
Hali hech kim izoh qoldirmagan. Birinchi bo`lib izoh qoldiring :)!!
Fikr qoldirish uchun Ro`yxatdan o`tish lozim!!!

Bosh sahifaga
389