Semeno qishki eng qimmat transfer bo'ldi
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 19

Evropada qishki transferlar bo'yicha eng qimmat transferlar ingliz klublari ishtirokida amalga oshirildi. Birinchi o'rinda "Bornmut"dan "Manchester Siti"ga 72 mln evro evaziga o'tgan yarimhimoyachi Antuan Semenoning transferi qayd etildi. Ikkinchi o'rinni "Vulverxempton"dan "Kristal Pelas"ga transfer qilingan Yorgen Strann Larsen egallab turibdi. Transfer qiymati bo'yicha uchinchi o'rinni "Vest Xem"dan Braziliyaning "Flamengo" klubiga 42 mln evro evaziga o'tgan yarimhimoyachi Lukas Paketa egalladi.
To'rtinchi o'rinda "Atletiko"dan Londonning "Tottenxem" klubiga 40 mln evro evaziga o'tgan yarimhimoyachi Konor Gallaxer qayd etilgan. Qishdagi eng qimmat transferlar beshligini "Tottenxem" yarimhimoyachisi Brennan Jonson yakunlab berdi, u ham 40 million evro evaziga "Kristal Pelas"ga o'tgan.

Bosh sahifaga
378