"Real" yangi himoyachini nishonga oldi
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 402

Dortmundning "Borussiya" klubi markaziy himoyachisi Niko Shlotterbek "Real"ning asosiy transfer nishoniga aylandi. Bu haqda The Touchline xabar bermoqda.
Manbaga ko'ra, "qaymoqranglilar" Dayo Upamekano, Mark Gexi va Jeremi Jakeni qo'lga kiritish bo'yicha muvaffaqiyatsiz urinishlardan so'ng, Shlotterbekka o'tishga qaror qilishgan.
Ta'kidlanishicha, "Real" yozda yangi markaziy himoyachi sotib olishga jiddiy bel bog'lagan, ammo agar Shlotterbekni ham olib ketishning iloji bo'lmasa, unda klub "Komo"da o'zini a'lo darajada ko'rsatayotgan o'z tarbiyalanuvchisi Xakobo Ramonga qaytadi.
Joriy mavsumda 26 yoshli Shlotterbek barcha musobaqalarda 25ta o'yinda maydonga tushib, 3ta gol urgan va 2ta golga hammualliflik qilgan. Futbolchining "Borussiya" bilan shartnomasi 2027 yilning yozida yakuniga etadi, Transfermarkt ekspertlari uning narxini 55 million evroga baholamoqda.

Bosh sahifaga
375