"Renn" hujumchi Yasir Zabirini sotib oldi
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 366

"Renn" va "Famalikan" jamoalari hujumchi Yasir Zabiri transferi bo'yicha kelishuvga erishdi.
20 yoshli futbolchi bilan 2029 yilgacha mo'ljallangan shartnoma imzolandi. L’Equipe xabariga ko'ra, kelishuv summasi 10 mln evro atrofida bo'lgan.
Marokash terma jamoasi futbolchisi 20 yoshgacha bo'lgan o'smirlar o'rtasidagi so'nggi jahon chempionatida 5 ta gol urib, eng yaxshi to'purarga aylandi. U finalda dubl qayd etib, jamoasining Argentina ustidan g'alabasini ta'minladi.
Joriy mavsumda Yasir Portugaliya chempionatida 12 ta o'yinda maydonga tushib, 4 ta gol urdi.
Fikr bildirish
Hali hech kim izoh qoldirmagan. Birinchi bo`lib izoh qoldiring :)!!
Fikr qoldirish uchun Ro`yxatdan o`tish lozim!!!

Bosh sahifaga
315