Arteta: "Jamoani kim tanqid qilayotganini bilmayman"
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 385

"Arsenal" bosh murabbiyi Mikel Arteta jamoasi o'yinini kim tanqid qilayotganini bilmasligini aytdi.
- Men butunlay boshqa gapni eshityapman. Butun Evropa bizni qit'adagi eng tomoshabop jamoa deb aytadi - ko'p gol uramiz, nolga o'ynaymiz. Ehtimol, menda boshqa manbalar bordir".
- Britaniyalik va xorijlik ekspertlarning fikrlaridagi bunday tafovut nima bilan bog'liq?
- Gap aynan kim haqida ketayotganini bilmayman. Menga "Arsenal"ni tanqid qilayotganlarning ismlari, manzillari va elektron pochtasini yuboring - balki biz gaplasharmiz, lekin men sizga barcha odamlarning ulkan ro'yxatini bera olmayman", - dedi Arteta Angliya Liga kubogi doirasida "Chelsi"ga qarshi javob o'yini oldidan o'tkazilgan matbuot anjumanida.

Bosh sahifaga
320