"Atletiko" meksikalik hujumchi bilan shartnoma imzoladi
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 398

Meksikalik markaziy hujumchi Obed Vargas Madridning "Atletiko" klubi bilan shartnoma imzoladi. Bu haqda ispan klubi matbuot xizmati rasmiy sayti xabar tarqatdi.
Vargas "matraschilar" safiga Amerikaning "Sietl Saunders" klubidan ko'chib o'tgan. Mish-mishlarga ko'ra, transfer summasi 3 mln evroni tashkil qilgan. 20 yoshli forvardning madridliklar jamoasi bilan shartnomasi 2030 yilning yozigacha amal qiladi.
2025 yilda Vargas barcha turnirlarda 38 ta o'yinda maydonga tushib, oltita gol urdi va bitta golli uzatmani amalga oshirdi.
"Atletiko" Ispaniya chempionatining 22-turidan keyin 45 ochko bilan turnir jadvalida uchinchi o'rinda bormoqda.
Fikr bildirish
Hali hech kim izoh qoldirmagan. Birinchi bo`lib izoh qoldiring :)!!
Fikr qoldirish uchun Ro`yxatdan o`tish lozim!!!

Bosh sahifaga
311