"Sanderlend" hujumchi transferini rasman e'lon qildi
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 31

Transfer oynasining so'nggi kunida "Sanderlend" tarkibi yangi futbolchi bilan to'ldirildi. "Qora mushuklar" qanot hujumchisi Nilson Angulo bilan shartnoma imzoladi.
Tegishli ma'lumot ingliz klubi saytida paydo bo'ldi. Ekvadorlik hujumchi Belgiyaning "Anderlext" klubidan sotib olindi. Britaniya matbuotiga ko'ra, kelishuv summasi 17 mln evroni tashkil qilgan. Angulo bilan mehnat shartnomasi 2030 yil yozigacha mo'ljallangan. Shuningdek, bir mavsumga uzaytirish imkoniyati ham mavjud.
Angulo joriy mavsum barcha musobaqalarda 30ta o'yinda maydonga tushishga ulgurdi. 22 yoshli hujumchi hisobida ettita gol va sakkizta assist bor.
Fikr bildirish
Hali hech kim izoh qoldirmagan. Birinchi bo`lib izoh qoldiring :)!!
Fikr qoldirish uchun Ro`yxatdan o`tish lozim!!!

Bosh sahifaga
348