"Renn" ustozi Jakening "Liverpul"ga ko'chib o'tganiga munosabat bildirdi
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 38

«Renn» bosh murabbiyi Xabib Beye Jeremi Jakening «Liverpul»ga transferi haqida fikr bildirdi.
Mersisaydliklar 20 yoshli himoyachini 60+12 mln evro evaziga sotib oldi, futbolchi jamoaga yozda qo'shiladi.
«Biz klub so'ragan summani oldik, o'yinchining istagini inobatga oldik va uni mavsum oxirigacha saqlab qoldik — bu mumkin bo'lgan eng yaxshi kelishuv, deb o'ylayman. Bu haqiqiy namunaviy holat.
U o'tayotgan klub unga Chempionlar ligasi va Evropaning eng kuchli ligasida o'ynash imkonini beradi. Nima qilmaylik, qanday holat bo'lmasin, biz daraja, maqsad va maosh jihatidan pastdamiz. Bizda raqobat qilish uchun resurslar yo'q», — dedi Beye.
Fikr bildirish
Hali hech kim izoh qoldirmagan. Birinchi bo`lib izoh qoldiring :)!!
Fikr qoldirish uchun Ro`yxatdan o`tish lozim!!!

Bosh sahifaga
342