Frantsiyalik himoyachi «Liverpul»ga transferi haqida fikr bildirdi
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 45

Frantsiyalik himoyachi Jeremi Jake «Renn»dan «Liverpul»ga o'tishi haqida fikr bildirdi.
«Bunday katta klubga o'tayotganimdan juda faxrlanaman. Men uchun faoliyatimdagi “Renn” davrini chiroyli yakunlash muhim. Bu klub menga juda qadrli. Mavsumning ikkinchi qismida jamoadoshlarim bilan birga muvaffaqiyatga erishmoqchiman», — dedi 20 yoshli futbolchi Goal nashriga.
Avvalroq Jake «Liverpul»ga 2026/2027 mavsumi boshlanishidan oldin qo'shilishi xabar qilingan edi. Transfer qiymati taxminan 70 million evro deb baholanmoqda.
Joriy Liga 1 mavsumida Jeremi 18 ta o'yin o'tkazdi. U to'rt marta sariq kartochka oldi va bir bor maydondan chetlatildi.
Fikr bildirish
Hali hech kim izoh qoldirmagan. Birinchi bo`lib izoh qoldiring :)!!
Fikr qoldirish uchun Ro`yxatdan o`tish lozim!!!

Bosh sahifaga
346