"Nottingem" "Borussiya" futbolchisini o'z safiga qo'shib oldi
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 582

«Borussiya» Menxengladbax Luka Nettsni sotdi.
Himoyachi «Nottingem Forest»ga o'tdi va 2030 yil yozigacha shartnoma imzoladi. Insayder Florian Plettenberg ma'lumotiga ko'ra, nemis futbolchisi uchun bonuslar bilan birga 2,5 mln evro to'langan. Shuningdek, kelajakda qayta sotuv bo'lsa, APL klubi mablag'ning bir qismini «Borussiya»ga o'tkazadi.
Shu bilan birga, Gladbax klubi «Malmyo»dan qanot yarim himoyachisi Xugo Bolinni sotib olganini e'lon qildi. Fabritsio Romano ma'lumoticha, shved futbolchisi bonuslar bilan birga 3,5 mln evroga tushgan.
Fikr bildirish
Hali hech kim izoh qoldirmagan. Birinchi bo`lib izoh qoldiring :)!!
Fikr qoldirish uchun Ro`yxatdan o`tish lozim!!!

Bosh sahifaga
346