Inesta: "Pedri rivojlanishda davom etadi"
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 852

"Barselona" afsonasi Andres Inesta kataloniyaliklar yarim himoyachisi Pedri haqida fikr bildirdi.
"Pedri to'p bilan o'zini juda qulay his qiladi va har doim o'yinda ishtirok etadi. U o'yinni tashkil qilishni biladi, shuningdek, muvozanatni buzishi mumkin. U juda ko'p qirrali, kuchli fazilatlarga ega o'yinchi bo'lib, o'sishda davom etadi," - deya Inestaning so'zlarini keltiradi Barca Universal.
Joriy mavsumda 23 yoshli Pedri barcha musobaqalarda 25ta o'yinda maydonga tushib, 2ta gol urdi va 8ta assistni o'z hisobiga yozdirib qo'ydi.
Fikr bildirish
Hali hech kim izoh qoldirmagan. Birinchi bo`lib izoh qoldiring :)!!
Fikr qoldirish uchun Ro`yxatdan o`tish lozim!!!

Bosh sahifaga
365