Zinchenko "Ayaks"ga transferi haqida gapirdi
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 971

Ukraina terma jamoasi himoyachisi Aleksandr Zinchenko Amsterdamning "Ayaks" klubi safiga qo'shildi. Futbolchi kelishuvni rasmiylashtirgandan so'ng o'z fikrlarini bildirdi.
"Bu mashaqqatli o'n kun bo'ldi, ammo hammasi muvaffaqiyatli yakunlandi. "Ayaks" libosida maydonga tushishimni kutyapman. Bu boy tarixga ega katta klub. Ularning o'yin uslubi menga yoqadi. Ishni imkon qadar tezroq boshlashni istayman," - deya ukrainalikning so'zlarini keltiradi Niderlandiya klubi matbuot xizmati.
29 yoshli himoyachi "Ayaks" rahbariyatiga 1,5 million evroga tushgan. Aleksandr amsterdamliklar bilan joriy mavsum yakuniga qadar mo'ljallangan qisqa muddatli mehnat shartnomasini imzoladi.
Fikr bildirish
Hali hech kim izoh qoldirmagan. Birinchi bo`lib izoh qoldiring :)!!
Fikr qoldirish uchun Ro`yxatdan o`tish lozim!!!

Bosh sahifaga
369