"Chelsi" Sarrni "Strasbur"dan qaytardi
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 958

Mamadu Sarr ijaradan "Chelsi"ga qaytdi. Himoyachi iyun oyida frantsuz klubidan "ko'klar" bilan shartnoma imzolagandi.
Futbolchi London jamoasi safida klublar o'rtasidagi jahon chempionatida debyut qilgan. Avgust oyida Sarr yana "Strasbur"ga ijaraga o'tdi va klub safida Liga 1 va Konferentsiyalar ligasida 18 ta o'yin o'tkazdi.
Eslatib o'tamiz, "Strasbur" ham "Chelsi" kabi BlueCo guruhiga tegishli.
Noyabr oyida futbolchi Senegal terma jamoasida debyut qildi va Afrika kubogi uchun terma jamoaga kiritildi. U Senegal Marokashni mag'lub etgan turnir finalida asosiy tarkibda maydonga tushdi.
Fikr bildirish
Hali hech kim izoh qoldirmagan. Birinchi bo`lib izoh qoldiring :)!!
Fikr qoldirish uchun Ro`yxatdan o`tish lozim!!!

Bosh sahifaga
372