Runi Kerrikning "Manchester Yunayted"dagi faoliyati haqida fikr bildirdi
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 40

"Manchester Yunayted" klubi va Angliya terma jamoasi sobiq futbolchisi Ueyn Runi Maykl Kerrikning "qizil iblislar" boshqaruvidagi faoliyati haqida fikr bildirdi.
"MYu" yana odatiy "Manchester Yunayted"ga o'xshaydi. Kerrik o'z ishini yaxshi bajaradi. Agar Maykl shu ruhda davom etsa, unda uni qoldirish va jamoa bilan ishlashda davom etish mumkin," - dedi Ueyn The Wayne Rooney Show podkastida.
Kerrik boshchiligida mankunianliklar ketma-ket uchta g'alabani qo'lga kiritishdi. "Manchester Yunayted" 41 ochko to'plab, turnir jadvalida to'rtinchi o'rinda bormoqda. "Qizil iblislar" uchinchi o'rindagi "Aston Villa"dan 5 ochko ortda qolmoqda.
Fikr bildirish
Hali hech kim izoh qoldirmagan. Birinchi bo`lib izoh qoldiring :)!!
Fikr qoldirish uchun Ro`yxatdan o`tish lozim!!!

Bosh sahifaga
364