«Roma» «Bavariya» vingeri transferini e'lon qildi
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 597

"Roma" safiga Brayan Saragosa kelib qo'shildi.
"Bavariya" 24 yoshli vingerni "Selta"dan chaqirib olib, Italiyaga ijaraga jo'natdi.
Bild xabariga ko'ra, rimliklar ijara shartnomasini muddatidan oldin bekor qilgani uchun La Liga klubiga 3 mln evro to'lagan. Ular Saragosani 13,5 mln evroga ("Selta" sotib olishi mumkin bo'lganidan 1,5 mln qimmatroqqa) sotib olish imkoniyatiga ega bo'ladi.
Agar Brayan o'yinlarning kamida 50 foizida qatnashsa va "Roma" evrokuboklarga chiqsa, sotib olish majburiy bo'ladi.

Fikr bildirish
Hali hech kim izoh qoldirmagan. Birinchi bo`lib izoh qoldiring :)!!
Fikr qoldirish uchun Ro`yxatdan o`tish lozim!!!

Bosh sahifaga
287