Manba: Benzema «Al-Hilol» bilan shartnoma imzoladi!
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 527

Saudiya Arabistonining "Al-Hilol" klubi frantsiyalik hujumchi Karim Benzema bilan shartnoma imzoladi. Bu haqda insayder Yag'iz Sabunjuo'g'lu X ijtimoiy tarmog'ida ma'lum qildi. Manbaga ko'ra, hujumchi bilan bir yarim yillik shartnoma imzolangan.
Avvalroq, Benzema "Al-Ittihod" taklif qilgan yangi shartnomadan norozi bo'lgani uchun jamoa safida maydonga tushishdan bosh tortgani haqida xabar berilgandi. OAV ma'lumotlariga ko'ra, futbolchi Evropaga qaytish imkoniyatini ko'rib chiqqan.
Avvalroq, matbuotda Benzemaning "Al-Ittihod"dan "Al-Hilol"ga o'tishiga "An-Nasr" forvardi Krishtianu Ronaldu qarshi chiqayotgani haqida xabarlar tarqalgan edi. Eslatib o'tamiz, Saudiya Arabistoni Davlat investitsiya fondi "An-Nasr", "Al-Ittihod", "Al-Hilol" va "Al-Ahli" klublariga egalik qiladi.

Bosh sahifaga
287