Manba: Ter Shtegen "Barselona"ga muddatidan avval qaytmaydi
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 1023

"Jirona"da ijarada harakat qilayotgan germaniyalik darvozabon Mark-Andre ter Shtegen tizzasidan jarohat olgani sababli 2 oyni o'tkazib yuborishi xabar qilindi. U bu jarohati tufayli muddatidan avval "Barselona"ga qaytishi mumkinligi aytilmoqda.
"Barsa"dagi manbalardan ma'lum bo'lishicha, "Jirona" bilan kelishuv o'z kuchida qoladi va mavsum oxirigacha amal qiladi.
Shartnoma shartlariga ko'ra, kelishuvni bekor qilish imkoniyati yo'q. Nemis tuzalib ketgach, u Michelning ixtiyorida bo'ladi.
Ammo "Barsa" Ter Shtegen Ektor Fort kabi Sport shaharchasida reabilitatsiyaning bir qismini o'tashini istisno qilmaydi.
Fikr bildirish
Hali hech kim izoh qoldirmagan. Birinchi bo`lib izoh qoldiring :)!!
Fikr qoldirish uchun Ro`yxatdan o`tish lozim!!!

Bosh sahifaga
356