Grinvud angliyalik futbolchilar orasida sermahsullik bo'yicha faqat Keyndan ortda qolmoqda
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 567

"Marsel"ning angliyalik vingeri Meyson Grinvud joriy mavsum barcha musobaqalarda 21 ta gol va 7 ta assistni o'z hisobiga yozdirib qo'ydi. Bu ko'rsatkichlar Liga 1ning barcha o'yinchilari orasida eng yaxshisi. U "Bavariya" forvardi Xarri Keyndan boshqa har qanday angliyalik futbolchining natijalarini ortda qoldirmoqda. Bu haqda The Touchline X ijtimoiy tarmog'ida xabar berdi.
Xarri Keyn joriy mavsumda barcha musobaqalarda 32 ta o'yinda 36 ta gol va 4 ta assistga mualliflik qilgan.
2024 yilning 18 iyulida Grinvud "MYu"dan "Marsel"ga o'tgan va besh yillik shartnoma imzolagandi. Avvalroq, vingerga Kataloniyaning "Barselona" klubi qiziqish bildirayotgani haqida xabarlar tarqalgan edi.
Fikr bildirish
Hali hech kim izoh qoldirmagan. Birinchi bo`lib izoh qoldiring :)!!
Fikr qoldirish uchun Ro`yxatdan o`tish lozim!!!

Bosh sahifaga
376