Matetaning "Milan"ga transferi barbod bo'ldi
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 626

Hujumchi Jan-Filipp Matetaning "Kristal Pelas"dan "Milan"ga o'tishi amalga oshmaydi.
Janluka Di Martsioning xabar berishicha, klub tomonidan o'tkazilgan qo'shimcha tekshiruv va baholashlardan so'ng, 28 yoshli frantsiyalik futbolchini o'z safiga qo'shib olmaslikka qaror qilingan.
Daniele Longoning ta'kidlashicha, "Milan" bugun o'tkazilgan chuqurlashtirilgan tibbiy ko'rikdan so'ng shunday qarorga kelgan.
Avvalroq, "Milan" Matetaning transferini "Pelas" bilan 30 mln evroga kelishib olgani haqida xabarlar tarqalgan edi.
Mateta bu mavsumda APLda 23ta o'yinda maydonga tushib, 8ta gol urdi.
Fikr bildirish
Hali hech kim izoh qoldirmagan. Birinchi bo`lib izoh qoldiring :)!!
Fikr qoldirish uchun Ro`yxatdan o`tish lozim!!!

Bosh sahifaga
348