Duran 40 million evro evaziga "Zenit"ga o'tadi
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 440

Hujumchi Jon Duran "Zenit"ga o'tishga yaqin turibdi.
Avvalroq, "Fenerbaxche"da "An-Nasr"dan ijara asosida to'p surayotgan 22 yoshli kolumbiyalik futbolchi Sankt-Peterburg klubiga o'tishga rozi bo'lgani haqida xabarlar tarqalgan edi.
Fanatik xabariga ko'ra, Duran "Zenit"ga ijaraga o'tishga rozi. Hozirda rossiyaliklar va saudiyaliklar o'rtasida muzokaralar ketmoqda. Jonning to'liq transferi 40 million evroni tashkil etishi kutilmoqda.
Joriy mavsumda Duran Turkiya Superligasida 10 ta o'yinda 3 ta gol urdi va 2 ta golli uzatmani amalga oshirdi.
Fikr bildirish
Hali hech kim izoh qoldirmagan. Birinchi bo`lib izoh qoldiring :)!!
Fikr qoldirish uchun Ro`yxatdan o`tish lozim!!!

Bosh sahifaga
341