Rakitich «Atletiko» bilan shartnoma borasida kelishuvga erishdi
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 361

«Barselona» yarim himoyachisi Ivan Rakitich ushbu mavsum so'ngida «Atletiko» a'zosiga aylanishi mumkin.
31 yoshli futbolchi madridliklar bilan shaxsiy shartnoma borasida kelishuvga erishdi. "Marca" nashri tarqatgan xabarga ko'ra, xorvatiyalik futbolchi «Atletiko» manfaatini himoya qiladigan agentlar bilan uchrashdi.
Rakitichning o'zi La ligada qolishni istamoqda. Uning oilasi esa Madrid shahri yaqinidagi Boadile-del-Monte tumanidan ko'chmas mulk sotib olishni ko'zlab qo'ydi.
Eslatib o'tamiz, Rakitichning «Barselona» bilan shartnomasi 2021 yilning yozida yakuniga etadi.
Fikr bildirish
Hali hech kim izoh qoldirmagan. Birinchi bo`lib izoh qoldiring :)!!
Fikr qoldirish uchun Ro`yxatdan o`tish lozim!!!

Bosh sahifaga
225