"Arsenal"ning "Lids"ga qarshi o'yindagi ikkinchi goli Noni Madueke hisobiga yozildi
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 418

Noni Madueke "Arsenal"ning APL 24-turidan o'rin olgan "Lids"ga qarshi o'yindagi ikkinchi goliga mualliflik qildi.
31 yanvar kuni Mikel Arteta murabbiyligidagi jamoa 4:0 hisobida g'alaba qozondi.
"Kanonirlar"ning bu o'yindagi ikkinchi goli Madueke hisobiga yozildi. Dastlab, bu gol "Lids" darvozaboni Karl Darlou tomonidan avtogol sifatida qayd etilgan.
Shu tariqa, 23 yoshli vinger uchun bu "Arsenal" safida APL doirasidagi ilk gol bo'ldi.
Fikr bildirish
Hali hech kim izoh qoldirmagan. Birinchi bo`lib izoh qoldiring :)!!
Fikr qoldirish uchun Ro`yxatdan o`tish lozim!!!

Bosh sahifaga
363