Karlos Alkaras "Katta dubulg'a" musobaqalarining barchasida g'alaba qozongan eng yosh tennischiga aylandi
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 434

Jahonning birinchi raqamli tennischisi, ispaniyalik Karlos Alkaras Ochiq tennis erasida "Katta dubulg'a"ning barchasida g'alaba qozongan tennischilar ro'yxatidan joy oldi. U kecha Avstraliya ochiq chempionatining finalida afsonaviy tennischi, "Meyjors"larning 24 karra chempioni, serbiyalik Novak Jokovichni mag'lub etdi – 2:6, 6:2, 6:3, 7:5.
Alkarasdan oldin barcha "dubulg'a"larni avstraliyalik Rod Leyver, amerikalik Andre Agassi, ispaniyalik Rafael Nadal, shveytsariyalik Rojer Federer hamda Novak Jokovichlar yutib olishgandi. Avstraliyadagi g'alaba 22 yoshli Alkaras uchun "Katta dubulg'a" turnirlaridagi ettinchi g'alaba bo'ldi.
Fikr bildirish
Hali hech kim izoh qoldirmagan. Birinchi bo`lib izoh qoldiring :)!!
Fikr qoldirish uchun Ro`yxatdan o`tish lozim!!!

Bosh sahifaga
361