"Liverpul"ning sobiq futbolchisi: "Arsenal" allaqachon chempion"
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 1652
45
"Liverpul"ning sobiq futbolchisi Jeymi Rednapp Angliya premer-ligasining joriy mavsumida Londonning "Arsenal" klubi chempionlik uchun kurash olib borishi mumkinligi haqida gapirdi.
"Arsenal" allaqachon chempion. Bu mening fikrim. "Kanonirlar" 8-10 ochko farq bilan chempion bo'lishi mumkin. Boshqacha bo'lsa, hayron qolaman. Jamoa va murabbiy so'nggi vaqtlarda asabiylashayotgandi, ammo hozir biroz xotirjam bo'lish mumkin", - deya futbol ekspertining so'zlarini keltiradi Daily Mail.
Angliya Premer-ligasida o'tkazilgan 24 turdan so'ng londonliklar 53 ochko bilan turnir jadvalida peshqadamlik qilmoqda. Mikel Arteta shogirdlari 2-o'rindagi "Manchester Siti"ni 6 ochkoga ortda qoldirmoqda.
Fikr bildirish
Hali hech kim izoh qoldirmagan. Birinchi bo`lib izoh qoldiring :)!!
Fikr qoldirish uchun Ro`yxatdan o`tish lozim!!!

Bosh sahifaga
342