"Roma" ispaniyalik yarim himoyachi transferi bo'yicha kelishib oldi
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 312

Myunxenning "Bavariya" klubi yarim himoyachisi Brayan Saragosa "Roma"ga o'tmoqda. Italiya klubi nemis grandi bilan 24 yoshli ispaniyalik futbolchini ijara asosida transfer qilishga kelishib oldi, deb xabar bermoqda jurnalist Fabritsio Romano.
Joriy mavsumning birinchi qismida Saragosa "Selta"da ijarada o'ynadi. Brayan 19 ta uchrashuvda qatnashib, 1 ta gol va 1 ta golli uzatmani o'z hisobiga yozdirib qo'ydi. Ispanlar ijarani muddatidan oldin to'xtatgani uchun pul kompensatsiyasi oladi.
Bugungi kunga kelib, Rim jamoasi 43 ochko to'plab, Italiya chempionati turnir jadvalida beshinchi o'rinni egallab turibdi.
Fikr bildirish
Hali hech kim izoh qoldirmagan. Birinchi bo`lib izoh qoldiring :)!!
Fikr qoldirish uchun Ro`yxatdan o`tish lozim!!!

Bosh sahifaga
344