Milan-Kortina-2026: O'zbekiston delegatsiyasi 4 ta yo'llanma qo'lga kiritdi
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 414

Milan-Kortina-2026 qishki Olimpiya o'yinlari startiga sanoqli kunlar qoldi. O'zbekistonlik sportchilar ushbu yilning eng nufuzli musobaqalaridan biriga 4 ta yo'llanma qo'lga kiritishdi.
Saralash tsikli yakuniga ko'ra, Dmitriy Chigirev hamda Ekaterina Geynish figurali uchishning juftlik, Medet Nazarov tog' chang'isining slalom va gigant-slalom, Daniil Eybog short-trekning 500 metr masofaga yugurish yo'nalishlarida Olimpiada yo'llanmalariga sazovor bo'lishdi.
Afsuski, tayyorgarlik jarayonida Dmitriy Chigirev jarohat olib, Olimpiadagacha tiklana olmadi. Shu bois, musobaqalarda sportchilarimiz tog' chang'isi va short-trek dasturlarida startga chiqishadi.
Eslatib o'tamiz, bo'lajak qishki Olimpiya o'yinlari 6-22 fevral kunlari Italiyaning Milan hamda Kortina-dʻAmpesso shaharlarida o'tkaziladi.
Manba: Olympic.uz
Bosh sahifaga
342