Rodri "Manchester Siti"ning "Arsenal"ga qarshi kurashdagi imkoniyatlarini baholadi
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 624

"Manchester Siti" yarim himoyachisi Rodri "Tottenxem" bilan durangdan so'ng chempionlik poygasidagi vaziyat haqida fikr bildirdi.
"Shaharliklar" Londonda "shporlar"ni mag'lub eta olmadi (2:2). Jadval peshqadami "Arsenal" bilan oradagi farq 6 ochkoni tashkil etmoqda.
"Mavsum oxirigacha hali uzoq. Bu muhim o'yin edi, lekin hali yakun emas. "Arsenal"ga etib olish uchun unchalik ko'p imkoniyat bo'lmasligini bilamiz, ammo kayfiyatimiz o'zgarmaydi - oldinga boramiz, taslim bo'lmaymiz.
Bu Premer-liga - bu erda daraja juda yuqori. Biz kurashni davom ettirishimiz va o'zimizga ishonishimiz kerak," - deya Rodrining so'zlarini keltiradi "Manchester Siti" matbuot xizmati.
APLda mavsum yakunlanishiga 14 tur qoldi. "Arsenal" o'zining so'nggi chempionligini 2004 yilda qo'lga kiritgan.

Bosh sahifaga
343