"Nyukasl" markaziy himoyachisi "Lester"ga o'tadi
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 23

"Nyukasl" markaziy himoyachisi Jamal Lassels tez orada jamoani tark etadi. Bu haqda Sky Sports Premier League xabar bermoqda.
Manbaga ko'ra, 32 yoshli "qarg'alar" faxriysi dushanba kuni joriy mavsum Chempionshipda ishtirok etayotgan "Lester"ga o'tish uchun tibbiy ko'rikdan o'tishi kerak. Lassels 2014 yildan beri "Nyukasl" sharafini himoya qilib kelmoqda.
Himoyachi joriy mavsum Angliya Premer-ligasida bor yo'g'i ikkita o'yinda maydonga tushib, jami 19 daqiqa harakat qildi.
Lasselsning bozor narxi nufuzli Transfermarkt internet portali ma'lumotlariga ko'ra, ikki million evroni tashkil etadi.
Fikr bildirish
Hali hech kim izoh qoldirmagan. Birinchi bo`lib izoh qoldiring :)!!
Fikr qoldirish uchun Ro`yxatdan o`tish lozim!!!

Bosh sahifaga
356