Ronalduning jamoadoshi APL klublariga taklif qilindi
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 45

"Fenerbaxche" safida ijara asosida to'p tepayotgan Saudiya Arabistonining "An-Nasr" klubi forvardi Jon Duran Angliyaga qaytishi mumkin. Bu haqda TEAMtalk xabar bermoqda.
Manbaga ko'ra, 22 yoshli futbolchi o'z xizmatlarini bir vaqtning o'zida Premer-liganing bir necha klublari, jumladan, "Tottenxem" va "Lids"ga taklif qilgan. Avvaliga "Aston Villa"dan 77 million evroga sotib olingan forvard Saudiya Arabistonida o'zini ko'rsata olmadi, endi esa "Fenerbaxche"da zaxira o'yinchisiga aylanib qoldi.
Joriy mavsumda Duran barcha turnirlarni hisobga olgan holda 21 ta uchrashuvda maydonga tushib, beshta gol urdi va uchta golli uzatmani amalga oshirdi.
Transfermarkt portali mutaxassislari futbolchining narxini 32 million evroga baholamoqda.

Bosh sahifaga
377