"PSJ" darvozaboni: "Omadimiz keldi"
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 426

Frantsiya chempionatining 20-turi doirasida "PSJ" klubi "Strasburg"ni 2:1 hisobida mag'lub etdi. Birinchi bo'limda penaltini qaytargan parijliklarning rossiyalik darvozaboni Matvey Safonov uchrashuvdan olgan taassurotlari bilan o'rtoqlashdi.
"Birinchi bo'limda raqibdan yaxshiroq edik, ammo kuchli raqib bilan og'ir bahs bo'ldi. O'yin shiddatli kechdi, yakunda biroz omadimiz keldi," - deya rossiyalikning so'zlarini keltiradi Maxifoot.
Frantsiya chempionatida o'tkazilgan 20 turdan so'ng Luis Enrike shogirdlari 48 ochko jamg'arib, musobaqa jadvalida peshqadamlik qilmoqda. Parij grandi 2-o'rindagi "Lans"ni 2 ochkoga ortda qoldirmoqda.
Fikr bildirish
Hali hech kim izoh qoldirmagan. Birinchi bo`lib izoh qoldiring :)!!
Fikr qoldirish uchun Ro`yxatdan o`tish lozim!!!

Bosh sahifaga
358