Anchelotti va Braziliya terma jamoasi yaqin kunlarda yangilik e'lon qiladi
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 483

Karlo Anchelotti Braziliya futbol konfederatsiyasi bilan yangi uzoq muddatli shartnoma tuzishga tayyor.
Braziliya terma jamoasining 66 yoshli bosh murabbiyi 2030 yilgacha mo'ljallangan shartnomaga imzo chekishga rozi bo'ldi, bu haqda avvalroq turli manbalar xabar bergan edi. Insayder Nikolo Skiraning ma'lum qilishicha, agar rejalashtirilmagan biror narsa yuz bermasa, kelishuv yaqin kunlarda imzolanadi.
Karlo Anchelotti o'tgan yilning iyun oyi boshida "pentakampeonlar" bosh murabbiyi lavozimini egallagan edi. Bungacha italiyalik mutaxassis 4 yil davomida Madridning "Real" klubida faoliyat yuritgan.
Braziliyaliklar bo'lajak jahon chempionatida guruh bosqichida Marokash, Shotlandiya va Gaiti terma jamoalariga qarshi bahs olib boradi.

Bosh sahifaga
355