"Atalanta" etakchisini qishda qo'yib yubormaydigan bo'ldi
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 25

Bergamoning "Atalanta" klubi jamoa markaziy yarim himoyachisi Edersonni qishki transfer oynasida qo'yib yubormaydi.
Klub 26 yoshli braziliyalik bo'yicha takliflarni kelasi yozda ko'rib chiqishga tayyor bo'ladi. U 35-40 million evroga baholanmoqda.
Avvalroq Edersonni "Atletiko" qishdayoq sotib olishga tayyor ekanligini aytilgan edi.
Transfermarkt uni 40 million evroga baholagan. Uning shartnomasi 2027 yil yozigacha mo'ljallangan. Ederson bu mavsumda 26 ta o'yinda 1 tadan gol va assist muallifi bo'ldi.
Fikr bildirish
Hali hech kim izoh qoldirmagan. Birinchi bo`lib izoh qoldiring :)!!
Fikr qoldirish uchun Ro`yxatdan o`tish lozim!!!

Bosh sahifaga
381