Gvardiola "Manchester Siti" chempion bo'lishiga ishonadimi?
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 144

"Manchester Siti" bosh murabbiyi Xosep Gvardiola navbatdagi muvaffaqiyatsizlikdan so'ng jamoaning chempionlik uchun imkoniyatlari haqida fikr bildirdi.
Yakshanba kuni "shaharliklar" Premer-liga 24-turidan o'rin olgan "Tottenxem"ga qarshi safar o'yinida g'alabani boy berishdi - 2:2. Jadval peshqadami "Arsenal"dan 6 ochko ortda qolmoqda.
Jurnalistlar Gvardioladan chempionatda "taslim bo'lib" boshqa turnirlarga ustunlik berishga tayyormisiz, deb so'rashganida, ispaniyalik "finishga 14 tur qolganida?!", dedi. Shuningdek, mutaxassis hamon chempionlik unvoniga ishonishini tan oldi: "Imkoniyat bor ekan, umid hamisha so'nmaydi".
4 fevral kuni "Manchester Siti" Liga kubogi yarim final javob bahsini "Nyukasl"ga qarshi o'tkazsa, yana 4 kun o'tib chempionat doirasida "Liverpul" mehmoni bo'ladi.

Bosh sahifaga
344