Kalyulyu: "O'yinimiz o'sib bormoqda"
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 197

Italiya A Seriyasining navbatdagi 23-turida "Yuventus" safarda "Parma"ga qarshi o'yinda ortiqcha muammolarga duch kelmadi. Turin klubining frantsiyalik himoyachisi Per Kalyulyu bo'lib o'tgan o'yin haqida fikr bildirdi. U Turin klubi futbolchilarining o'yin darajasi o'sib borayotganini ta'kidladi.
"Biz yaxshi o'ynadik va shu bilan birga munosib natijaga erishganimizdan xursandman. Bizga haqiqatan ham maydonda birga o'ynash yoqimli, jamoada o'yin ko'rinishi paydo bo'ldi", - deya Kalyulyuning so'zlarini keltiradi Juvenews.eu.
Turinliklar A Seriya turnir jadvalida to'rtinchi o'rinni egallab turibdi, keyingi turda ular Rimning "Latsio" klubi bilan o'ynaydi. Bu sakkizinchi fevralda sodir bo'ladi.
Fikr bildirish
Hali hech kim izoh qoldirmagan. Birinchi bo`lib izoh qoldiring :)!!
Fikr qoldirish uchun Ro`yxatdan o`tish lozim!!!

Bosh sahifaga
335