"Yuventus" La Liga top-klubidan forvard topdi
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 70

Madridning "Atletiko" klubi hujumchisi Aleksandr Sorlot qishki transferlar oynasi yopilishi oldidan "Yuventus"ga ko'chib o'tishi mumkin.
"Keksa sinora" rahbariyati yangi hujumchi qidirmoqda va muddat tugashidan oldin bitimni yopishga ulgurish uchun mavjud variantlarni faol o'rganmoqda. Jurnalist Janluka di Martsioning ma'lum qilishicha, Turin klubi Sorlotni nishonga olgan. Yaqin soatlar ichida 30 yoshli futbolchi bo'yicha "matraschilar" bilan rasmiy muzokaralar o'tkazilishi mumkin.
Aleksandr Sorlotning Transfermarkt portalidagi taxminiy narxi - 20 mln evro. Joriy mavsumda norvegiyalik Diego Simeone jamoasi safida barcha musobaqalarda 30 ta o'yinda maydonga tushib, o'nta gol va bitta golli uzatmani o'z hisobiga yozdirib qo'ydi.

Bosh sahifaga
336