"Arsenal"ning chempionlik imkoniyati oshdi
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 165

Mikel Arteta jamoasi 24 turda 53 ochko jamg'arib, turnir jadvalida "Manchester Siti"ni 6 ochkoga, "Aston Villa"ni 7 ochkoga ortda qoldirgan holda peshqadamlik qilmoqda.
Opta superkompyuteri "Arsenal"ning APLda g'alaba qozonish imkoniyatini 91,01 foizga baholamoqda - o'tgan turdan keyin "kanonirlar"ning chempion bo'lish ehtimoli 84,44 foizni tashkil etgandi.
"Man Siti"ning chempionlik imkoniyati 5,49 foizgacha pasaydi, "Aston Villa"ning g'alaba qozonish ehtimoli 3,25 foiz, "Liverpul" va "Chelsi"niki 0,11 foiz, "Manchester Yunayted"niki esa 0,03 foiz.
APLning qolgan jamoalarida birinchi o'rin uchun imkoniyat yo'q, deb hisoblaydi Opta.
Fikr bildirish
Hali hech kim izoh qoldirmagan. Birinchi bo`lib izoh qoldiring :)!!
Fikr qoldirish uchun Ro`yxatdan o`tish lozim!!!

Bosh sahifaga
304