"Inter" chempionatdagi mag'lubiyatsiz seriyasini uzaytirdi
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 29

"Inter" noyabr oyidan beri A Seriyada mag'lub bo'lmayapti.
Bugun Kristian Kivu boshchiligidagi jamoa A Seriyaning 23-turida "Kremoneze"ni 2:0 hisobida mag'lubiyatga uchratdi va ketma-ket 4-marta g'alabani qo'lga kiritdi.
"Inter"ning A Seriyadagi so'nggi mag'lubiyati 23 noyabr kuni qayd etilgandi - "Milan" bilan derbida yutgan (1:2). Shundan so'ng "neradzurrilar" 10 ta g'alabaga erishdi va "Napoli" bilan durang o'ynadi.
"Inter" 55 ochko bilan Italiya chempionati turnir jadvalida peshqadamlik qilmoqda. Ikkinchi o'rinda borayotgan "Milan"da 47 ochko, "Napoli"da 46 ochko bor.
Fikr bildirish
Hali hech kim izoh qoldirmagan. Birinchi bo`lib izoh qoldiring :)!!
Fikr qoldirish uchun Ro`yxatdan o`tish lozim!!!

Bosh sahifaga
303