Zinchenko "Arsenal"dan "Ayaks"ga o'tdi
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 36

Aleksandr Zinchenko "Ayaks"dagi transferini yakunladi, deya xabar bermoqda "Arsenal" matbuot xizmati.
"Ayaks" ukrainalik himoyachi bilan shartnoma mavsum oxirigacha mo'ljallanganini ma'lum qildi.
"Kanonirlar" 1,5 mln evro va Chempionlar Ligasi bilan bog'liq bonuslarga ega bo'lishi aytilgandi. Futbolchi mavsumning birinchi yarmini "Nottingem Forest"da ijarada o'tkazdi.
"Kelajakda eng yaxshi tilaklarni tilaymiz, Zinni", - deyiladi "Arsenal" xabarida.
Fikr bildirish
Hali hech kim izoh qoldirmagan. Birinchi bo`lib izoh qoldiring :)!!
Fikr qoldirish uchun Ro`yxatdan o`tish lozim!!!

Bosh sahifaga
302