Bellingemga tashxis qo'yildi
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 21

"Real" yarimhimoyachisi Jud Bellingemga chap oyog'i yarim payidan jarohat olgani tashxisi qo'yildi, deya xabar bermoqda Madrid klubi matbuot xizmati.
El Chiringuito jurnalisti Xose Luis Sanchesning ma'lum qilishicha, 22 yoshli inglizning tiklanishi uchun bir oyga yaqin vaqt ketadi.
Bellingem La Liganing 22-turidan o'rin olgan "Rayo Valekano"ga (2:1) qarshi bahsda jarohat oldi. O'yin 1 fevral kuni bo'lib o'tdi. Yarim himoyachi 10-daqiqadayoq almashtirildi.
Joriy mavsumda Bellingem barcha musobaqalarda 27ta o'yinda maydonga tushib, 6ta gol urgan va 4ta golga hammualliflik qilgan.
Fikr bildirish
Hali hech kim izoh qoldirmagan. Birinchi bo`lib izoh qoldiring :)!!
Fikr qoldirish uchun Ro`yxatdan o`tish lozim!!!

Bosh sahifaga
305