"PSJ" "Strasbur"ni kichik hisobda mag'lub etdi
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 13

"PSJ" Frantsiya chempionatining 20-turida safarda "Strasbur"ni mag'lub etdi - 2:1.
Mehmonlardan Senni Mayulu va Nunu Mendesh gol urgan bo'lsa, mezbonlardan Gela Due o'z hisobiga gol yozdirib qo'ydi. O'yinning 20-daqiqasida hisob 0:0 bo'lib turganida Xoakin Panikelli ("Strasbur") penaltidan gol ura olmadi.
75-daqiqadan boshlab "PSJ" himoyachi Ashraf Hakimiyning chetlatilishidan keyin bir kishi kam bo'lib o'ynadi.
"PSJ" 20 o'yinda 48 ochko jamg'arib, Frantsiya chempionati turnir jadvalida peshqadamlik qilmoqda. "Strasbur" (30 ochko) ettinchi pog'onadan joy olgan.
Fikr bildirish
Hali hech kim izoh qoldirmagan. Birinchi bo`lib izoh qoldiring :)!!
Fikr qoldirish uchun Ro`yxatdan o`tish lozim!!!

Bosh sahifaga
290