«Barselona» tarixida ilk bor misrlik futbolchi harakat qiladi
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 19376

«Barselona» yakshanba kuni klubga 18 yoshli hujumchi Hamza Abdulkarim qo'shilganini e'lon qildi. U «ko'k-anorranglilar»ning yoshlar jamoasida to'p suradi. Katalon klubi Abdulkarimni sotib olish huquqi bilan ijaraga oldi.
Klub matbuot xizmati ta'kidlashicha, Hamza Abdulkarim «Barselona» tarixidagi birinchi misrlik futbolchi hisoblanadi.
Aytish joizki, Abdelkarim avvalroq Misr yoshlar terma jamoasida, jumladan, jahon chempionatida ham yaxshi o'yinlari bilan ajralib turgan.
«Barselona» hozirda Ispaniya La Ligasida etakchilik qilmoqda va chempionlik unvonini saqlab qolishni maqsad qilgan. Shanba kuni katalonlar «Elche»ni 3:1 hisobida mag'lub etdi.
Fikr bildirish
Hali hech kim izoh qoldirmagan. Birinchi bo`lib izoh qoldiring :)!!
Fikr qoldirish uchun Ro`yxatdan o`tish lozim!!!

Bosh sahifaga
308