Arbeloa Bellingemning jarohati haqida gapirdi
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 1290

Jud Bellingem «Real»ning «Rayo Valekano»ga qarshi o'yini boshidayoq jarohat oldi va almashtirildi. Uchrashuvdan keyin jamoa bosh murabbiyi Alvaro Arbeloa ingliz futbolchisining ahvoli haqida izoh berdi. Uning aytishicha, hozircha Bellingemning jarohati bo'yicha hech qanday ma'lumot yo'q.
«Bellingemning jarohati? Hozircha hech narsa bilmaymiz», — dedi Arbeloa matbuot anjumanida.
«Real» o'z maydonida «Rayo Valekano»ni 2:1 hisobida mag'lub etdi. Madrid jamoasi La Liga jadvalida ikkinchi o'rinda bormoqda, «Barselona» esa bir ochko oldinda.
Keyingi o'yin «Real» uchun 8 fevral kuni «Valensiya»ga qarshi safarda bo'lib o'tadi.
Fikr bildirish
Hali hech kim izoh qoldirmagan. Birinchi bo`lib izoh qoldiring :)!!
Fikr qoldirish uchun Ro`yxatdan o`tish lozim!!!

Bosh sahifaga
283