Vinisius: «Oxirigacha shu klub bilan»
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 1027

«Real» Madrid derbisida «Rayo Valekano»ni 2:1 hisobida mag'lub etdi. G'alaba golini ikkinchi taymga qo'shib berilgan daqiqalarda penaltidan Kilian Mbappe urdi. «Qaymoqranglilar»ning birinchi goli esa Vinisius Junior hisobiga yozildi — u La Ligada 120 kunlik golsiz seriyani to'xtatdi. O'yindan keyin braziliyalik futbolchi ijtimoiy tarmoqlarda post qoldirdi.
«Oxirigacha shu klub bilan. Har doim — «Real» Madrid!» — deb yozdi Vinisius.
Ayni paytda matbuotda Vinisius Juniorning kelajagi haqida turli mish-mishlar chiqmoqda. Uning «Real» bilan amaldagi shartnomasi 2027 yilning o'rtalarigacha mo'ljallangan.
Fikr bildirish
Hali hech kim izoh qoldirmagan. Birinchi bo`lib izoh qoldiring :)!!
Fikr qoldirish uchun Ro`yxatdan o`tish lozim!!!

Bosh sahifaga
288