Mbappe: «Biz sizni hech qachon uyaltirmaymiz»
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 1198

«Real» o'z maydonida «Rayo Valekano»ni 2:1 hisobida mag'lub etdi. O'yindan so'ng «qaymoqranglilar»ning yulduz hujumchisi Kilian Mbappe ijtimoiy tarmoqlarda post qoldirdi. G'alaba golini aynan frantsiyalik futbolchi ikkinchi taymga qo'shib berilgan daqiqalarda penaltidan urdi.
«Oxirigacha kurashamiz. Biz sizlarni hech qachon uyaltirmaymiz. Hala Madrid!» — deb yozdi Mbappe.
«Real» Ispaniya chempionati jadvalida ikkinchi o'rinda turibdi. «Barselona»dan ortda qolish — atigi bir ochko.
Kelasi turda «Real» «Valensiya»ga qarshi maydonga tushadi. Uchrashuv 8 fevral, yakshanba kuni bo'lib o'tadi.
Fikr bildirish
Hali hech kim izoh qoldirmagan. Birinchi bo`lib izoh qoldiring :)!!
Fikr qoldirish uchun Ro`yxatdan o`tish lozim!!!

Bosh sahifaga
302