Vinisius Junior «Valensiya»ga qarshi uchrashuvni o'tkazib yuboradi
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 1780

«Real» vingeri Vinisius Junior sariq kartochka oldi.
Madridliklar La Liganing 22-turida «Rayo Valekano»ga qarshi o'ynadi (2:1).
83-daqiqada Ilyas Axomash almashtirish vaqtida maydonni sekin tark etayotgani Vinisiusga yoqmadi va u raqibini orqasidan turtib yubordi.
Epizod yakunlariga ko'ra, bosh hakam Isidro Dias de Mera ikki futbolchiga ham sariq kartochka ko'rsatdi.
Shu tariqa, Vinisius sariq kartochkalari ko'payib ketgani tufayli «Valensiya»ga qarshi keyingi o'yinni o'tkazib yuboradi.
Fikr bildirish
Hali hech kim izoh qoldirmagan. Birinchi bo`lib izoh qoldiring :)!!
Fikr qoldirish uchun Ro`yxatdan o`tish lozim!!!

Bosh sahifaga
363