Lautaro A Seriyada «Inter» tarixidagi eng yaxshi 4-to'purarga aylandi
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 1974

Lautaro Martines Italiya chempionatida «Inter» tarixidagi eng yaxshi to'purarlar ro'yxatida 4-o'ringa chiqdi.
«Neradzurrilar» hujumchisi A Seriya 23-turida «Kremoneze»ga qarshi o'yinning 16-daqiqasida hisobni ochdi (2:0, birinchi taym). Bu argentinalikning chempionatda «Inter» safida urgan 128-golidir. U ushbu ko'rsatkich bilan Alessandro Altobelliga tenglashdi.
«Inter» tarixida A Seriyada undan ko'proq gol urganlar faqat Juzeppe Meatstsa (197), Benito Lorentsi (138) va Stefano Nersa (133).
Fikr bildirish
Hali hech kim izoh qoldirmagan. Birinchi bo`lib izoh qoldiring :)!!
Fikr qoldirish uchun Ro`yxatdan o`tish lozim!!!

Bosh sahifaga
363