Benyamin Sheshko umidlarni oqlay boshladi
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 25

«Manchester Yunayted» hujumchisi Benyamin Sheshko so'nggi 4 ta o'yinning 4 tasida gol urdi.
Sloveniyalik futbolchi APL 24-turi doirasida «Fulxem»ga qarshi bahsda ikkinchi taymga qo'shib berilgan 4-daqiqada g'alaba golini kiritdi (3:2).
Bundan avval Sheshko Angliya Kubogida «Brayton»ga qarshi o'yinda (1:2) gol urgan, chempionatda esa «Byornli» darvozasiga dubl qayd etgan (2:2).
Umuman olganda, Benyaminning «MYu» safida barcha musobaqalarda 21 ta o'yinda 6 ta goli va 1 ta assisti bor.
Fikr bildirish
Hali hech kim izoh qoldirmagan. Birinchi bo`lib izoh qoldiring :)!!
Fikr qoldirish uchun Ro`yxatdan o`tish lozim!!!

Bosh sahifaga
356