«So'g'diyona» Rossiya klubiga mag'lub bo'ldi
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 4052

«So'g'diyona» Turkiyadagi o'quv-mashg'ulot yig'ini doirasidagi nazorat uchrashuvida mag'lub bo'ldi.
Jamoa yig'in doirasida bugun Rossiyaning FK "Chelyabinsk" klubiga qarshi nazorat uchrashuvida maydonga tushdi. Bahs murosasiz kechib, «So'g'diyona»ning kichik hisobdagi mag'lubiyat bilan yakunlandi.
Birinchi bo'limda maydonga tushgan futbolchilar: Nikola Mirkovich, Islom Qobilov, Aleksandar Bolevich, Suxrob Izzatov, Javohir Qahramonov, Kamol Karimov, Otabek Jo'raqo'iziev, Muhammadayyub Omonov, Nodir Soyibov, Feysal Mulich, Tohir To'xtasinov.
Ikkinchi bo'limda o'yinga qo'shilgan futbolchilar: Ollobergan Karimov, Abdulaziz Abdurashidov, Otabek Ahadov, Oybek Nurmatov, Sardor Hoshimov, Ulug'bek Kenjaev, Jasur Jaloliddinov, Abduazim Ortiqov.
«So'g'diyona» matbuot xizmati

Bosh sahifaga
313