"Bavariya" "Manchester Siti" himoyachisini sotib olishi mumkin
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 31781

"Manchester Siti" himoyachisi Jon Stouns faoliyatini Germaniyada davom ettirishi mumkin.
Jurnalist Kristian Falkning yozishicha, ingliz myunxenliklar himoya chizig'ini kuchaytirish uchun qiziqarli variant hisoblanadi, chunki u yozda erkin agentga aylanishi mumkin. "Bavariya"ga Stounc myunxenliklar bosh murabbiyi Vensan Kompani taqlid qilishga urinayotgan Xosep Gvardiolaning o'yin uslubini yaxshi bilishi yoqmoqda.
Jon Stouns 2016 yilda "Everton"dan 55 million evro evaziga "Manchester Siti"ga o'tgan edi. Joriy mavsumda himoyachi "shaharliklar" safida barcha musobaqalarda 13 ta o'yinda maydonga tushib, samarali harakat qilmadi.
Fikr bildirish
Hali hech kim izoh qoldirmagan. Birinchi bo`lib izoh qoldiring :)!!
Fikr qoldirish uchun Ro`yxatdan o`tish lozim!!!

Bosh sahifaga
345